Ktesii Knidlik
Ktesii Knidlik (mil. AV. 5-a. oxi- ri, Knid sh. — 4-a.ning 1-yarmi) —yunon tarixchisi. Gerodot, Gippokrat, Kseno- fontlarning zamondoshi. Eron Malika- si Parisatida saroyida 17 y. tabiblik qilgan. Kuvake ostovasidagi jang (401) da yaralangan. Artakserks II Mnemon- ni davolagan. Qolgan umrini ova shax- ri yoxud Spartada o’tkazgan. K. «Eron», «Hindiston», «daryolar haqida», «Tog’lar haqida», «Osiyo atrofidagi den- giz sayohati» nomli asarlar muallifi. Bo’lardan eng muhimi «Eron» —. 23 ki- tobdan iborat bo’lib, uning dastlabki 6 kitobi Ossuriya va Midiya tarixiga, keyingi 7 kitob Eron tarixiga (kir II, Kserks I ning o’limigacha), krlgan 10 ki- tob Eronning 398 y.gacha (K. forelar sa- royini tark etgunigacha) bo’lgan tarixini o’z ichiga olgan. K.ning bu asarida O’rta Osiyoda yashagan qad. xalqlar, ularning urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, harbiy san’ati va b. haqida ham bir talay qimmatli ma’lumotlar bor. K. Suzada bo’lgan davridan foydalanib, fors tili, og’zaki va yozma manbalari b-n tanishgan. Yunonlarga uzoq Sharq dav- latlari, Eron shoxlari va yunon-Eron urushlari to’g’risida ko’p ma’lumotlar etkazgan. Ad.: PYaN ko v I.V., Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya, Do’shanbe, 1975.