Ksilollar
Ksilollar (dimetilbenzollar), S6N4(SN3)2 — organik birikmalar. Benzol gomologik qatoridagi Aroma- tik uglevodorodlar, o’ziga xos hidli suyuqliklar. Mol. m. 106,16. Orto-, meta – va paraksilol izomerdari bor. Toshko’mir qoramoyining engil fraktsi- yasidan neftni va neft mahsulotlarini piroliz qilib yoki katalizator ishti- rokida qayta ishlab olinadi. Benzolga nisbatan oson alkillanadi, xlorlanadi, sulfolanadi, nitrolanadi. Oksidlan- ganda sanoat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan tereftalat va ftalat kislotalar hosil bo’ladi. Sintetik tolalar, ksi- lidinlar, plastifikatorlar i.ch.da lok, bo’yoq va mastikaga erituvchi hamda motor yonilg’ilariga yuqori oktanli qo’shimcha sifatida qo’llaniladi.