Krona

Krona (slavyancha korova — toj) — Evropadagi bir qator mamlakatlarning muomalada bo’lgan pul birligi. 1) da- niya pul birligi (krona). 1 K. = 100 Eyre. Xalqaro ifodasi DKK. Xalqaro valyuta- lar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari= 8,4\ K. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha 1 K. = 80 so’m 67 tiyin (2002 y. Fev.). 2) Islandiya pul birligi. 1 K. = 100 Eyre. Xalqaro ifodasi 1SK. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 K. = 12 so’m 42 tiyin (2003 y. Fev.). 3) Norvegiya pul birligi (krone). 1 K. = 100 Eyre. Xalqaro ifodasi NOK. O’zbekiston Respublikasi Markaziy ban- ki belgilagan kurs bo’yicha 1 K. = 139 so’m 07 tiyin (2003 y. Fev.). 4) Slovakiya pul birligi (koruna). 1 K. = 100 Geller. Xalqaro ifodasi SLK. Xalqaro valyutalar kursi buyicha 1 AQSh dollari = 47,90 K. (2002 y. Fev.). 5) Chexiya pul birligi (koruna). 1 K. = 100 Geller. Xalqaro ifodasi GZK. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 36,37 K. (2002 y. Fev.). 6) Shvesiya pul birligi (krona). 1 K. = 100 Eyre. Xalqaro ifodasi SEK. O’zbekiston Respublikasi Markaziy ban- ki belgilagan kurs bo’yicha 1 K. = 111 so’m 83 tiyin (2003 y. Fev.). 7) Estoniya pul birligi (kroon). 1 K. = 100 tsent. Xalqaro ifodasi EEK. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari =17,71 K. (2002 y. Fev.). 8) Avstro-Vengriyaning, so’ngra 1924 y.gacha Avstriya va Vengriyaning pul bir- ligi. 9) Frantsiya (14-17-a.lar), Angliya (16-17-a.lar) va b. mamlakatlarning ol- tin tangasi.