Krurova

Krurova, Krorayva (Kiroroyva) — qad. tarixiy-madaniy viloyat va davlat (MPL. AV. 4-3-ming yillik — mil. 5-a.). Sharqiy Turkistondagi Lo’bnur (Lob- nor) ko’lining Jan.da bo’lgan. Mil. AV. 2-a.ning 2-yarmida Xitoyning Sharqiy Turkiston va Dananta qarshi tajovo’zi vaqtida bu erda Xitoy harbiy manzil- goxlari vujudga kelgan. Mahalliy tub atama — Kiroroyva mil. 3— 4-a.larga oid kharoshthi bitiklarida qayd etil- gan. Buyuk ipak yo’lidya joylashganligi tufayli milodning boshlarida ravvaq topgan. Arxeologik tadqiqotlar natija- sida K.dan turli tillarda (kharoshthi, xo’tansak, Xitoy, Tibet, toxar va b.) bi- tilgan yozma hujjatlar topilgan. Bu xuj- jatlarni o’rganish milodning boshlari- da bu erga ko’plab hindlarning ko’chib kelganligi, ularning K.da roli katta bo’lganligidan dalolat beradi. Xususan, K. dagi hukmron sulola vakillari hind ismlari (Tajaka, Peniyi, Amgoki, Ma- xiri, Vashmana) va unvoni — mahoroja deb atalgan. Mil. 3-4-a.da K. kichik dav- lat bo’lib, tarkibida Lo’bnur ko’li atro- fidagi hudud va taqla-makon cho’lining Jan.-Sharqiy tomonidagi vohalar kir- gan. K. aholisi negizini hind-Evropa xalqlari tashqil etib, hindlar, eroniy- lar katta rol o’yvagan, xitoylar ozchi- likni tashqil qilgan. K. shaharsozlik, q.x., hunarmandchilik, polizchilik, chor- vachilik, xalqaro savdo va tovar-pul munosabatlarida yuksak darajaga erish- gan. Buddizm davlat dini bo’lgan. K. hududidan Krurova go’zallari topilgan. Ad.: Rtveladze E., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999. Abduxoliq Aytboev.