KSANTOGEVATLAR

KSANTOGEVATLAR (Yunoncha Xcanthos — sariq va gennao — tug’aman) — ksantogen kislota ROC(S)SH hosilalari (tuz yoki efirlari). Umumiy formulasi: RO-C // \ SR’ R — uglevodorod radikali, R’ — metall (tuz) yoki uglevodorod radikali (efir). Ksantogevatlar — oq-sariq rangli, qo’lansa hidli barqaror birikmalar. Kaliy Ksantogevatlari rangli metallar rudasini boyititshda flotoreagent sifatida ishlatiladi. Ksantogevatlar ichida ksantog’evat tsellyuloza muhim ahamiyatga ega. Vatriy gidroksid (NaOH) eritmasida suyultirilgan ksantog’evat tsellyuloza viskoza deyiladi va u viskoza tolalar va tsellofan ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ksantogevatlar shuningdek, gerbitsidlar, insektisidlar, fo’ngisidlar olishda, surkov moylariga qo’shimcha, azotli o’g’itlarta ingibitorlar sifatida qo’llaniladi.