KSENOMORF MINERALLAR

KSENOMORF MINERALLAR – o’ziga xos kristallografik shaklga ega bo’lmagan minerallar. Odatda, boshqa minerallardan ko’ra kechroq kristallanib, ularning oralig’iga joylashgan bo’ladi. Ksenomorf minerallar qatoriga turli sabablarga ko’ra hosil bo’lishning ma’lum sharoitlari bo’yicha kristallik shaklga kira olmaydigan minerallar kiradi. Shu bois ular avval vujudga kelgan minerallar orasidagi joylarni egallashlari mumkin. Bo’lar qatoriga rudali va rudasiz minerallarni kiritsa bo’ladi. Gohida, ular dastavval kollomorf bo’lib, keyinroq kristallik holatga o’tadilar.