KSEROFIL HAYVONLAR

KSEROFIL HAYVONLAR (Yunoncha xeros — quruq va …fil) — suvsiz yerlarda, ya’ni havosida nam kam bo’lgan muhitda yashashga moslashgan hayvonlar. Bunday hayvonlarda tana yuzasidan, nafas teshiklaridan va boshqalardan suv bug’lanishi keskin kamaygan bo’ladi. Ular uzoq vaqt suvsizlikka chidaydi (masalan, tuyalar, ba’zi bir qo’shoyoqlar) yoki ovqatdagi suv bilan kifoyalanadi (masalan, kaltakesaqlar, ilonlar, toshbaqalar, ko’pchilik kemiruvchilar va boshqalar).