KSEROFTALMIYA

KSEROFTALMIYA (Yunoncha Xeros — quruq va ophthalmos — ko’z) —ko’z shilliq va mugo’z pardalarining qurib qolishi. Shu pardalar oziklanishining buzilishidan kelib chiqadi. Traxoma va boshqa ko’z kasalliklari, ayrim avitaminozlar, ayniqsa, A vitamin yetishmasligi, ba’zan kimyoviy moddalardan kuyish sabab bo’lishi mumkin. Bunda ko’zdan yosh chiqmay, mugo’z parda xira tortadi, ko’z yaxshi ko’rmaydi, lo’qillab og’riydi, qovoq og’ir tuyuladi. Kseroftalmiyaga davo, asosan, kasallikka sabab bo’lgan omilni bartaraf etishdan iborat.