KSILOLIT

KSILOLIT (ksilo… va Yunoncha lithos — tosh) — sun’iy qurilish materiali. Kaustik magnezit yoki dolomit kukuniga yog’och qipig’i, ishqorbardosh pigment (bo’yoq) va mayin dispers mineral moddalar (talk, asbest, marmar kukuni) aralashtirib tayyorlanadi. Bikr ksilolit aralashmasidan pollarga yotqizish uchun plitalar, plastik aralashmasidan monolit pollar ishlanadi yoki rulon va plita polimer materiallardan sof pollar uchun asos tayyorlanadi. Ksilolit turar joy va jamoat binolari hamda quruq rejimli sanoat binolarida choksiz pollarga krplash, shuningdek, zinapoya va devorlarni pardozlashda ishlatiladi.