KUBA FANLAR AKADEMIYASI
KUBA FANLAR AKADEMIYASI -Kubaning eng yirik ilmiy muassasasi. 1962 yil Gavana shahrida tashkil etilgan. Tarkibida biologiya, shakarqamish, Atmosfera fizikasi, yadro fizikasi, geografiya, tarix va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari bor. Bo’limlari kibernetika, falsafa, antropologiya va boshqa fanlarga oid tadqiqot ishlari olib boradi. 20 ga yaqin ilmiy tadqiqot instituti ishlaydi.