KUBAN-AZOV BO’YI PASTTEKISLIGI
KUBAN-AZOV BO’YI PASTTEKISLIGI, Kuban bo’yi pasttekisligi — G’arbiy Kavkaz oldidagi pasttekislik. Janubda katta Kavkaz tog’lari, Sharqda Stavropol qirlari, g’arbda Azov dengizi, shimolda don va Manich daryolarining quyi qismi bilan chegaralanadi. Asosan, Rossiya Federatsiyasi Krasnodar o’lkasida. Balandligi 100-150 metr. Mezokaynozoy cho’kindi jinslari ustini lyossimon qumoq va gillar qoplab yotadi. Shimoli-g’arbida gaz konlari bor. Iqlimi mo’tadil kontinental. Yillik yog’in 400-600 millimetr. Landshafti qora tuproqli dasht. Shimoliy Kavkazning G’allakor rayoni.