KUBANGO
KUBANGO, Okanango — Afrikadagi daryo. Angola, Namibiya va Botsvana hududlaridan oqadi. Uzunligi 1600 kilometr, havzasining maydoni 800 ming kilometr kvadrat atrofida. Angola hududidagi Bie yassitog’ligidan boshlanadi, yuqori qismida serostona. Kalaxari ichki oqim oblastida botqoqli Delta hosil qilib tugaydi. Deltasining Janubiy tarmog’i Ngami ko’liga, shim. vaqt-vaqti bilan Kvando daryosiga quyiladi. Botletle tarmog’i esa Makgadikgadi botig’idagi botqoqliklarni suv bilan to’yintiradi. Asosiy irmog’i — Kvito (chapdan). Yozgi yomg’irli mavsumlarda toshadi. O’rtacha suv sarfi 255 metr kub/sekund.