Kubizm

Kubizm (kub so’zidan) — Evropa tasviriy san’ati (ko’proq rangtasvir) dagi modernistik oqim; 20-a. 1-choragida yuzaga kelgan. Dastlab Frantsiyada paydo bo’lgan (1908-10). K. san’atning reali- stik an’analaridan voz kechib, hajmli shakllarni loyihalash vazifasini bi- rinchi o’ringa qo’yadi. Namoyandalari P. Pikasso, J. Brak, X. Gris, J. Gri va b. Narsalar dunyosi handasiy hajm (kub, shar, tsilindr, konus)larning oddiy maj- mui ko’rinishlarida tasvirlanadi. Tekis yuzada zich joylashgan qirrali hajmlar relefga o’xshab ketadigan shakl hosil qiladi, bunda ranglar ayrim qirralarni ajratib shaklni maydalabko’rsatadi. P. Pikassoning dramatik butunlikkacha ko’tarilgan asarlarida K. ning hissiy obrazli xususiyatlari ko’zga tashlanadi. Ko’plab yirik realist rassomlar D. Ri- Vero, R. Guttuzo va boshqalar K. ta’siri- ni engib o’tgan. K. o’zidan keyingi formalistic oqimlarga ta’sir etgan (ko’p holdarda AB- strakt san’atta o’tish bosqichini o’tagan).