Kubro, Najmiddin Kubro
Kubro, Najmiddin Kubro (taxal- Lusi; asl ism-sharifi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy) (1145—Xiva—1221) — ulug’Shayx, ta- savvufning taniqli vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi (uning taxallusi «dinning ulug’yuldu- zi» ma’nosini beradi). K. ning karomat ko’rsatish, voqealarni oldindan bilish, o’tkir nazari b-n ta’sir eta olish xis- latiga ega inson bo’lganligi haqida ri – voyatlar tarqalgan. K. yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli bo’lgan. Islom asoslari, shariat, hadis va tafsirni juda tez o’zlashtirib oladi. 16-17 yoshlarida tahsilni chuqurlashtirish maqsadida xo- razmdan chiqib, Eron, Misr, shomu Iroq mamlakatlarini kezadi. Tariqatdan xa- bardor bo’lishga intilib, bir necha Shayx, darvishlar suhbatida bo’ladi. Ilk daf’a Misrda Shayx Ro’zbixon Vazzon mis- riy (1189 y.v.e.)ga murid to’shadi, undan tariqat odobini o’rgavadi, shayxning qiziga uylanadi. Keyinchalik Hamadonda Shayx Ammor Yosir (1187 y.v.e.), Dizful- da Shayx Ismoil Qasriy (1193 y.v.e.) kabi ustozlardan saboqoldi. 25 y.dan ortiqumrini ilm tahsiliga bag’ishlagan K. 1185 y. Xorazmga kaytib keladi. Bu erda katta xonaqoh qurdirib, o’z diniy maktabini yaratadi. K. kishilarni ez- gulikka, ilmga, saxonat va mardlikka da’vat etdi. Uning tarbiyasini olgan yuzlab odamlar irfoniy ma’rifatdan bahramand bo’ldilar. K.ning muridlari Majdiddin Bagdodiy (1209/1219 y.v.e.), Sa’diddin Humaviy (1252 y.v.e.), Na- jmiddin doya (1256 y. v.e.) tasavvuf ta- rixida nom qozongan shayxlardir. K. o’z qarashlarini Arab tilida yoz- gan bir necha risolalarida bayon et- gan. Ulardan asosiylari: «Favoih al- Jamol va favotih al-Jalol» («Jamol xushbo’yliklari va Jalolning kashfi», «Al-usul al-ashara» («o’nta usul»), «ri- sola at-turuq» («tariqatlar risolasi»), «Risolat al-xoif al-hoim min lavm al- loim» («malomatchining malomatidan hazar qiluvchi haqida risola») va b. K. ning fors tilida yozgan «Fi odobus so- likin» («soliklar odobi haqida») ri- solasi ham bor. K. Qur’onga mutasav- viflar nuqtai nazaridan sharh berishni oxirigacha etkaza olmadi, bu ishni uning shogirdlari tugalladi. Forscha ruboiy- larida javonmardlik, pok axloq g’oyalari ifodalangan. K. mo’g’ul bosqinchilariga qarshi jang- da shahid bo’lgan. Qabri Ko’hna Urganchda. Keksa Shayx va donishmand insonning bu jangdagi qahramonligi, jasorati AV- lodlarga ibrat bo’lib qoldi. K. shaxsi va uning merosi O’zbekistonda mustaqillik tufayli o’rganila boshlandi. 1995 y.da O’zbekistonda K.tavalludining 850 y.ligi nishonlandi. Ad.: Bertels E. E., Sufizm i sufiy- skaya literatura, M., 1965; Komilov N., Najmiddin Kubro, T., 1995; Jo’zjoniy A. Sh., Tasavvuf va inson, T., 2001. Najmiddin Komilov.