KUCHAN MILAN

KUCHAN MILAN (1941.14.1, Sloveniya) — Sloveniya davlat arbobi. Lyublyana universitetini tugatgan. 1973-78 yillarda Sloveniya kommunistlar Ittifoqi MK a’zosi, 1978-86 yillarda Sloveniya Milliy assambleyasi raisi (ayni vaqtda 1982-88 yillarda Yugoslaviya kommunistlar Ittifoqi Prezidiumi raisi), 1986-89 yillarda Sloveniya kommunistlar Ittifoqi MK raisi, 1990 yildan Sloveniya Respublikasi Prezidiumi raisi, 1992 yil dekabrdan prezidenti.