Kuchtegin Pahlavon
Kuchtegin Pahlavon (13 a.) -Xorazmshohlar davlati harbiy arbobla- ridan biri. Mo’g’ullar istilosi davri- da Marv mudofaasi raxbari. Mo’g’ullar Marvni 1221 y. 25 Fev.da bosib olganlar va shahar hokimligiga Amir diyo-ad-din Alini, shmxvalikka — mo’g’ul Bormasni tayinlashgan. 1221 y. 7 noyab. da Marv aholisi qo’zg’olon ko’tarib Bormasni quvib yuborgan, diyo-ad-din Ali bu payt- da shaharda bo’lmagan. U qo’zg’olonchilar tarafini olmagan va Marvga K.P. keli- shi b-n mo’g’ullar to-moniga o’tib ketgan va Murg’qal’asiga berkingan. K.P. shahar mudofaa devorlarini qayta tiklagan, Murg’ob daryosidagi to’g’onni ta’mirla- gan. Shundan so’ng u diyo-ad-din Alini bartaraf etgan. Mo’g’ullar katta kuch b-n kelib qo’zg’olonni bostirgan. K.P. ming kishilik qo’shini b-n Marvni tark et- gan. U Buxoroga yo’l olgan, Jayxundan o’tganda mo’g’ullarga to’satdan hujum qilib, ularning boshliqlarini (shixva- sini) o’ldirgan. Shundan so’ng mo’g’ullar unga qarshi 10 ming kishilik otliq qo’shin tashlagan. Sangbast qishlog’i yoni- dagi jangda K.P. mo’g’ullardan engilgach, Sabzavorga ketgan. Sabzavorda Elchi Paxlavonning o’g’li ekanqu b-n uchra- shib, u b-n birga Inonchxonga qo’shilgan. Ularning orqalaridan quvib kelgan mo’g’ul qo’shinidan Jurjon jangi (1222) da mag’lubiyatga uchragan.