KUFA

KUFA, Al-Kufa — Iroqdagi shahar. Arablarning harbiy qarorgohi sifatida Frot daryosining o’ng sohilida vujudga kelgan (taxminan 636/638). 656-661 yillarda xalifalik poytaxti. Umaviylar davrida (661-750) xalifaning Irokdagi noibi qarorgohi; yirik madaniy markaz. Arab yozuvining eng qadimgi turlaridan biri — kufiy xati shu yerda taraqqiy etgan. 9-asr oxirida qarmatlarning talonchilik bosqinidan so’ng tanazzulga yuz tutgan.