KUFIY

KUFIY — xattotlik uslubi; qadimgi Arab yozuvlaridan. Harflar to’g’ri va doira chiziklar asosida yoziladi. 7-asrda ya’rab ibn Qahton tomonidan (taxminan Kufa shahrida) ixtiro qilingan, 7-10-asrlarda keng qo’llanilgan. Kufiyda 22 ta harf bo’lib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar bilan ifodalangan. Diakritik belgilar ixtiro qilingach (8-asr), harflar soni 28 taga yetkazilgan. K.ning eng qadimgi namunalaridan biri O’zbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlavayotgan, teriga yozilgan Usmon Qur’onidir. Qo’lyozma kitob yozishda asta-sekin Kufiy o’rnini vasx xati egalladi. Kufiydan, asosan, me’morlik (masalan, Samarqanddagi Amir Temur, Qozizoda Rumiy maqbaralari kitobalari), amaliy bezak san’ati, tangalarda, qo’lyozma kitob sarlavhalari va kitobalarni yozishda foydalanilgan. Abdumajid Madraimov.