Kulibin Ivan Petrovich
Kulibin Ivan Petrovich [1735, 10(21).4. — Nijniy Novgorod — 1818.30. 7(11.8)] — o’zi mustaqil o’qib o’rgangan rus mexanigi. 1764-67 y.larda murak-kab mexanizmlardan tuzilgan tuxumsi-mon soat yasab, 1769 y.da eka- teriva II ga in’om qilgan. Ekateriva II K.ni Peterburg FA mexaniqa ustaxona- siga boshliq qilib tayinlagan. K. yangi ti-zimli qurilmani qo’llab, cho’ntak so- ati yasagan; bu soat sekund, minut, soatni ko’rsatishdan tashqari, yil faellari, oy, hafta kunlari va oyning qaysi fazada ekanligini qam bildirgan. K. minora soatlari va mitti soatlar ham yaratgan. Optik asboblarning shishalarini sil- liklash usulini takomillashtirdi. Neva daryosiga quriladigan bir arkli, 298 m prolyotli ko’prik modelining loyihasini ishlab chiqtsi va qurdi. Shuningdek, «suv o’tkazgich» loyihasini tuzdi. 1779 y.da yasagan kuchli fovar (projektor) usta- xona, kema va mayaklarda qo’llanildi. K. 1791 yilda o’ziyurar aranacha (somokat), 1793 y.da vintli mexanizmlar yordamida ishlaydigan lift, 1794 y.da shartli bel- gilarni uzoq masofaga o’zatuvchi optic telegraf yaratdi. K. o’zi ixtiro qilgan asbob va qurilmalarini loyhalash ja- rayonida chizma va rasmlardan keng foy- dalangan. K. 1801 y.da akademiyadan ketib, Nijniy Novgorodga keldi. Bu erda kemalarning Daryo oqimiga qarshi harakatlantirish usulini ishlab chik- Di. 1804 y.da «vodoxod» yasadi. K. um- rining oxirgi yillarini muxtojlikda o’tkazgan.