KULOBA

KULOBA — skiflar sardorining mozorqo’rg’oni (miloddan avvalgi 4-asr). Kerch yaqinida ochilgan (1830). Tepalik tagida yunon andazasida qurilgan tosh daxma bo’lgan, u lekin skifcha udumda dafn qilingan. Mayyit yog’och tobutda, kiyimda, tilla bezaklar tikilgan bosh kiyimda, bo’ynida — uchida otliq skiflar shakli yasalgan oltin taqinchoq, qo’llarida — oltin bilago’zuk bilan ko’milgan. Qurol- aslaha mayyit yonida va maxsus yashirin joylarga qo’yilgan. Fil suyagi bilan bezatilgan boshqa sarqofada boy.