Kultivator

Kultivator (lot. cultivo — ish- lov berish, chopiq qilish) — shudgorda tuproq qatlamini ag’darmay yumshatish, begona o’tlarni yo’qotish, chopiq qili- Vadigan ekinlarning qator oralariga ishlov berish, o’simliklarni mineral o’g’itlar b-n oziqlantirish, niholdarni yaganalash va egat ochishga mo’ljallangan q. x. quroli. Vazifasiga ko’ra, yoppa- siga ishlaydigan, chopiq qiladigan, oziklantirgich-K., muayyan ishlarni ba- jaradigan maxsus K.larga; trak-torga qo’shilishiga ko’ra, tirkama va o’rvatma K.larga bo’linadi. Har qanday K. rama, osish mexanizmi (o’rvatma K. uchun) yoki Tirkash qurilmasi (tiralma K. uchun), ish organlari, ish organlarining ishlash chuqurligini rostlash va ularni ko’tarish mexanizmlari, ta-yanch g’ildiraqlardan iborat. K.ga uning vazifasiga qarab quyidagi ish organlari o’rvatiladi (1- rasm). K.ning aso-siy ish organi Pan- ja hisoblanadi. Yoppasiga ishlaydigan K. shudgorda begona o’tlarning ildi- zini qirqish, ekish oldidan tuproqni 12 sm gacha chu-qurlikda yumshatish uchun qo’llaniladi. Chopiq qiladigan K. qator oralarini ishlash, ekinlarni sug’orish uchun egatlarni ochish, qatorlarga mineral o’g’itlar solish ishlariga mo’ljallangan. K. oziqlantirgich ekin qator orala- rini ishlash (yumshatish, o’toq qilish va b.) b-n birga o’simliklarning o’sish davrida mineral-organik o’g’itlar so- lishda qo’llaniladi. Maxsus K.ga begona o’tlarning poyasi, ildizi va urug’larini yonuvchi gazlarning alangasi hamda is- siqligi b-n kuydirib yo’qotadigan olov- li K., tuproq qatlamini ag’darmasdan chuqur yumshatadigan yotiq kesuvchi- 1-rasm. Kultivatorning ish organ- lari: a — bir yoklama yassi (yotiq) kesuv- chi panja; 6 — yassi kesuvchi o’q yoysimon panja; v — universal o’q yoysimon Pan- ja; g — yumshatuvchi vayzasimon panja; D — yumshatuvchi iskana-Simon panja; e — yumshatuvchi aylantirma panja; j — okuchnik; z — six (igva)li disk. K., shudgorni begona o’tlardan xoli Qi-ladigan o’toq K., qator oralari 4-10 m li bog’lar tuprog’ini 14-20 sm chu-qur yumshatadigan bog’bop keng kamrovli K., shudgorda tuproqning yuza qat-lamini 10-15 sm chuqurlikda kesib, o’zining ustki g’ilofiga urib maydalab yumsha- tadigan frezali K., chopiq qilinadigan ekinlarning qator oralarini aylanadi- gan frezalar b-n yumshatadigan frezali chopiq K. va b. kiradi. Paxtachilikda KRX-4, KRT-4, KRX- 3,6, KXU-4A, Kxo-3,6/4,2, Kxo-5,4 va b. kultivator-oziklantirgichlar ish- latiladi. O’zbekistonda «O’zqishloqxo’- jalikmash-xolding» kompaniyasi g’o’za va boshqa q. x. ekinlariga mo’ljallangan K.ning bir necha modifikasiyasini ish- lab chiqarmoqda. KXU-4A; KXO-3,6/4,2; Kxo-5,4; kov-4 va b. KXU-4A modifikasiyasi (2-rasm) paxtachilikka mo’ljallangan 4 qatorli universal K. bo’lib, ekinning qator ora- lariga ishlov beradi, begona o’tlardan to- zalaydi, tuproqni yum-shatadi, jo’yaklar oladi, qator oralariga o’g’it tashlab ke- tadi. Bu K.dan g’o’zadan tashqari kanop, makkajo’xori va b. uzun poyali ekinlarni o’g’itlashda ham foydalanish mumkin. K.ga PRX-4 ro-tasion ish organi bo’lgan mos- Lama o’rvatib 60 va 90 sm qator oralig’ida ekilgan go’zalarga tasma usulda ishlov berish mumkin. Moslama katorga yaqin erni yumshatadi. Bunday K. 40— 70 kVt quvvatli traktorlarga agre-gatlanadi. Kxo-3,6/4,2 va Kxo-5,4 modifikasi- yadagilari g’o’za, makkajo’xori, pomidor, piyoz, sabzi, turp, kartoshka va b. ekin- larning o’sish davrida bir yo’la 6 qator oralariga ishlov beradi (o’toq qiladi, tuproqni yumshatadi, egat ochadi, qator oralariga o’g’it soladi). Bunday K. 70— 100 kVt kuvvatli traktorlarga agregat- lanadi. Kov-4 modifikasiyasi pomidor, piyoz, sabzi, turp, kartoshka va b. sabzavot ekinlarini o’sish davrida qator orala- rini o’toq qiladi, erini yumshatadi, egat ochadi, o’g’it soladi. Bunday K. 40—70kVt kuvvatli trak- torga agregatlanadi.