KUMAROJIVA

KUMAROJIVA (344, Kusan sh., Sharqiy Turkiston — 413, Chang’an, Xitoy) — buddizmom Jan. O’zbekiston orqali Sharqiy Turkiston va Xitoyda tarqalishida muhim rol o’ynagan Yi- rik mutafakkir. Otasi Kumroton—hind xoni bosh vazirining ugli, onasi Jiva — Kusan (Kuchar) xonining qizi bo’lib, ular buddizmdagi Hinayana oqimining rohiblari edi. K. 7 yoshida rohib bo’lib etishgan. 9 yoshida onasi b-n Kashmirdagi Hinayana bilimdonlaridan 3 y. ta’lim olgan. 12 yoshida K. saboq olish uchun yuech- jilar (massagetlar, Kushonlar) yurtiga, ya’ni O’zbeki-stonning Jan. hududlariga kelgan. Buning sababi Hinayana mazhabining ulug’allomalari shu erda, Kushonlar yurtida to’plangan edi. K. qaytishida Yorkendda bir yil turib, buddizmdagi boshqa mazhab — mahayanaga ixlos qo’ygan, bunda unga turkistonlik Nogor Juva va Oriyo Divonilar ustoz bo’lishgan. K. o’z yurti — Kucharga qaytib kelgach, mahayanani keng targ’ib etishga kirishgan. Xitoy tazkiralarida qayd etilishicha, Kuchar xoni K. ni ustoz deb hurmatlab, unga sher oyoqli oltin taxt yasatib bergan, ma’ruzalarini tizza bu- kib eshitgan. Vatijada K.ning dong’i Xi- toyga tarqalgan. Bu davrda (4-5-a.lar) Xitoy o’zaro kurashayotgan 16 ta xonlikka bo’lingandi. Jamiyatni faqat jismo-niy kuch b-n emas, balki g’oyaviy birlik asosi- da birlashtirish tarafdorlari oshmokda edi. Xususan, «chiyang» xalqi tomonidan barpo etilgan, «avvalgi (ilk) Ching» («Chyan chin») xonligi hukmdori Fujiyan buddizmni qo’llab-quvvatlaydi. U K.ni olib ke-lish uchun harakat qilgan. K.ni 384 y. «to’ro» (turkiy) Lyuy Guang Kuchar- dan olib ketadi. K. Loyanga o’zi b-n budda- ning 5 m lik hayqalini olib borgan. Shu yili Fujiyan o’ldirilganligi sababli K. Xitoyning ichki o’lkalariga borish- dan voz kechib 16 y. Lyuy Guang tomonidan tashqil etilgan Gujan xonligida yashay- Di. Faqat 401 y. «Keyingi chin» xoni Yovshing K.ni Chang’anga taqlif etib, uni «davlat ustozi» sifatida ko’tib olgan. K. umrining so’nggi 12 yilida mahayanani targ’ib qilgan, 300 jild (ba’- zi manbalarda 98 qism, 425 jild) budda no’m satrlarini tarjima qilib, sharxlar yozgan. K.ning «olam haqiqatlari» nom- li 2 jildlik falsafiy asari Xitoy- da buddizmning rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. K.ning xitoychaga tarjima qilingan «Moytreyo viyoqorana» («moy- trening dunyoga kelishi») kitobida ajdarhoni ulug’lash Buddaga xos xususi- yat ekanligi aks etgan. Mazkur tarjima orqali ajdarhoni ulug’lash odati Xitoy- liklarga o’tgan. Abduxoliq Aytboev.