KUMUSH FTORID

KUMUSH FTORID, AgF — odatdagi sharoitda och-sariq rangli amorf gigroskopik modda. Suyuqlanish temperaturasi 435°, zichligi 5,852 g/sm3. Suvda va ammiakda yaxshi eriydi. Yorug’lik nuriga chidamli, ultrabinafsha nurlar ta’sirida Ag2F ga aylanadi. Shishaga xona t-rasidayoq ta’sir etadi; oson parchalanishi sababli organik birikmalarni ftorlash reaktsiyalarida qo’llanadi. Kumush oksid yoki kumush karbonatga ftorid kislota yoxud kumushga ftor ta’sir ettirib olinadi. Ichimlik suvni dezinfektsiyalashda ishlatiladi.