KUN (KUHN) RIXARD
KUN (KUHN) RIXARD (1900.3.12, Veva — 1967.3.7, Geydelberg) — nemis kimyogari va biokimyogari. Geydelberg universiteti professor va Kayzer Vilgelm kimyo instituti direktori (1929 yildan). Asosiy ilmiy ishlari karotinoidlar va vitaminlarga oid. Karotinning a – va (J-izomerdari tuzilishini topgan (1933). V2 vitamini (riboflavin) kristallarni sut va tuxum oqsilidan ajratib olgan (1933). V6 (adermin) vitaminini hamirturushlardan ajratib olib (1939), uning avval elementar, so’ngra struktura formulalarini taqlif qilgan. Nobel mukofoti laureati (1938).