Kurdiston

Kurdiston — G’arbiy Osi- yodagi tog’li o’lka, tarixiy viloyat. K.ning aksar qismi Old Osiyo va Eron tog’liklarida joylashgan. K.ning aniq, chegarasi bo’lmaganligidan bu nom faqat etnografik ma’noda ishlatiladi. Aholisi, asosan, kurdlar; turk, Arab, Aysor va b. ham yashaydi. Aholi chorva- chilik va dehqonchilik b-n shug’ullanadi, shaharlarda hunarmandchilik rivojlan- gan. K.da foydali qazilmalar, xususan, neft ko’p. K. haqidagi dastlabki ma’lu- motlar 12-a. manbalarida uchraydi. O’rta aerdarda K.da yarim mustaqil amirliklar mavjud edi. 1914 y.da K. Eron b-n Usmon- li turk saltanati tarkibiga kiritildi. U ham barham topgach (1918), vujudga kel- gan Turkiya, Iroq va Suriya davlatlari tarkibiga kiritildi.