Kurdiston tog’lari, Kurd tog’lari

Kurdiston tog’lari, Kurd tog’lari— Armaniston va Eron tog’liklarining tutashgan qismidagi tog’lar, Turkiya, Eron va Iroqla. Turli yo’nalishdagi tizma va ayrim tog’lardan iborat. Eng baland joyi — Jilo tog’i (4168 m.)- Pastroq cho’qqilari yassi, 3500 m dan balandlari esa qirrali. Tog’ora- larida vodiylar bor. Daryolari chuqur da- ralardan oqadi. Tog’lar slanes, kvarsit, marmar, mergeldan tuzilgan. Iqlimi subtropik iqlim. Yillik yog’in Jan.- g’arbida 1000-3000 mm, shim.-sharqida 400-700 mm. Jan.da makvis chakalakzor- lari, dub, pista va archa o’rmonlari, yassi cho’qqilarida Alp o’tloqlari va kichikroq muzliklar mavjud. Shim. tog’dashtlari- dan iborat, ahrli ko’chmanchi chorvachilik b-n shug’ullanadi, vodiylarda bug’doy, makkajo’xori ekiladi, bog’lar bor.