Kuren

Kuren (mo’g’ulcha xureen-qal’a, qarorgoh)-1) ko’chmanchilar yashaydigan manzil. Mo’g’ullarning o’tovlari va arava uylari xalqa shaklida o’rnatilgan, o’rtada qabila boshlig’i (urug’ oqsoqoli)ning o’tovi bo’lgan. Kuren so’zining olomon, qabila ma’nolari ham bor (V.Radlov); 2) ruscha kuren (uy) so’zi ham Kurendan olingan. Zaporojye Sechida joylashgan harbiy bo’linma Bu Kuren 38 ta kazaklar Kureniga bo’lingan. Kurenlar kazaklarning kelgan joyi nomi bilan atalgan (masalan, Poltava Kureni, Uman Kureni va boshqalar); 3) o’zbekcha “ko’ch-ko’ron” so’zi tarkibidagi ko’ron o’sha mo’g’ulcha so’zdan kelib chiqqan. Keyingi asrlarda bu so’z Xiva xonligida atrofi devor bilan o’ralgan istehkomga nisbatan qo’llanilgan; tevarak-atrofdagi kishilar yovgarchilikda ana shu joyga yashiringan.