Kurka, qulqul
Kurka, qulqul — tovuqsimonlar turkumining kurkasimonlar oilasiga mansub parranda. Markaziy Amerikada tarqalgan oddiy yovvoyi K. (Meleagris gollopavo)fl aH kelib chiqqan. K. Evropa- ga, dastlab, 16-a. boshlarida keltiril- gan; eng yirik xonaki parranda, oyoqlari, nisbatan uzun, baquvvat, dumi keng, qanotlari qisqa, do’ppayib chiqqan. Boshi va bo’ynida «toj»lari bor, pati qalin. Tumshug’ining yuqori qismidan teri o’simta osilib turadi. Jinsiy qo’zg’alish davrida o’simtaning o’z. 12-15 sm ga eta- Di. Patlari oq, jez-rang, qora, ola, sano- at kurkachiligida yaxshi tovar go’sht olish uchun oq patli K.lar boqiladi. Go’shti ma- zali parhez mahsuloti. K., asosan, go’sht olish uchun etishtiriladi. Shim. Ameri- kaning o’rta va Jan. mintaqalarida yov- voyi K.lar tarqalgan. Makiyonlari erga oddiygina in qurib, 10-15 ta tuxum qo’yadi. Tuxumdan chiqqan bolalari ovasi b-n, xo’rozlari esa alohida gala bo’lib yuradi. K. o’simlik va hasharotlar b-n oziqlanadi. Yovvoyi K. ovlanadi: xonaki K. b-n juftlashib, nasl beradi. Xonaki K. xo’rozlarining tirik vazni 9-35 kg, makiyonlariniki 4,5— 11 kg ga boradi, 8-9 oyligida, asosan, Fev,—martda tu- xum qila boshlaydi. Bitta K. bir yilda 70-90 ta tuxum qiladi. Tuxumining og’irligi 80-88 g, tuxumining inkuba- tsiya davri 28 sutka. Har bir K. tuxumi- dan 40-60 bosh yosh kurka olish mumkin, 4-5 oy boqib semirtirilsa 160-200 kg go’sht etishtiriladi. Nasldor K.lardan 3 yoshigacha foydalaniladi. Yirik kur- kachilik xo’jaliklarida butun yil mo- baynida K. jo’jalari ochirilib, go’sht etishtiriladi. K. deyarli barcha mam- lakatlarda urchitiladi. AQSh, Italiya, Frantsiya kabi mamlakatlarda etishtiri- ladigan parranda go’shtining 16-25% (jahon bo’yicha 10-12%) K. go’shtiga to’g’ri keladi (AQShda yillik parranda go’shti etishtirish hajmi 16 mln. t dan ortiq, 1999). K. go’shti etishtiriladi- gan yirik parrandachilik f-kalari bar- po etilgan. K.lar to’la qimmatli quruq aralash ozuqalar b-n boqiladi. K.ning jezrang, shim. Kavkaz, Moskva, Isroil oq K.lari va b. zotlari ko’p Tap-kalgan. O’zbekistonda Andijon, Farg’ona, Xo- razm viloyatlarida 6 ta ixti-soslash- tirilgan parrandachilik f-kalarida Isroildan keltirilgan oq patli, keng ko’kraqli tez etiladigan K.lar etishti- riladi. Ad.: Smetnev si., Ptisevodstvo, 6 izd. M., 1978; Promishlennoe ptisevod- stvo, M., 1985. Sayfiddin Azimov.