Kurs
Kurs (lot. cursus — yugurish, harakat)— 1) oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’quv davri, bosqichi (mas, bi- rinchi K., ikkinchi K. va h. k.); 2) biror fan va ilm sohasining muayyan doirada- gi tugallangan bayoni (mas, ta’limning K. tizimi); 3) dengiz va havo transpor- tining tutgan yo’li, yo’nalishi (mas, kema K.i); 4) siyosat, ijtimoiy va b. faoliyat- larda yo’nalish (mas, islohotlar K.i.); 5) bir mamlakat pul birligi bahosining boshqa mamlakat pul birligidagi ifo- dasi (q. Valyuta kursi); 6) birjada so- tib olinadigan va sotiladigan aktsiya, obligasiya, veksel va b. qimmatbaho qog’ozlar bahosi, varxi; 7) tugallangan harakat, muolaja (davolash K.i.); 8) i. ch. va boshqarish, fan, madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash va b. sohalarda xodim- lar tayyorlash va malaka oshirish shaklla- ridan biri.