Kursk viloyati

Kursk viloyati – RFdagi VI- loyat. Markaziy qoratuproq iqtisodiy rniga kiradi. 1934 y. 13 iyunda tashqil etilgan. Mayd. 29,8 ming km2. Aholisi 1336,4 ming kishi (1998), asosan ruslar; shuningdek, Belorus, ukrain va b. ham yashaydi. Shaharliklar 60,9%. 28 tuman- ga bo’lingan, 10 shahar, 23 shaharcha bor (1998). Markazi — Kursk sh. K. v. Rossiya Evropa qismining marka- zida O’rta Rossiya qirlarida joylashgan. O’rtacha bal. 200 m. Foydali qazilmalari: Kursk magnit anomaliyasi, temir rudasi, fosforit, bo’r, torf, har xil gil, qum va b. Iqlimi mo»tadil kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi g’arbida — 7,7° dan shim.da — 9,4°gacha. Yillik yog’in 480-600 mm. Vegetasiya davri 187-193 kun. Asosiy daryolari: Seym va uning irmoqlari. Asosan, qoratuproq, shim.- g’arbida sur tusli o’rmon tuproklari tarqalgan. Viloyat hududida Markaziy qoratuproq qo’riqxonasi joylashgan. K.v. sanoatining etakchi tarmoqlari: ko’p tarmoqli mashinasozlik va metall- sozlik. Temir ruda sanoati (Mixaylov- skoe kon boyitish k-ti) Rossiyaning me- tallurgiya z-dlarini yuqori sifatli xom ashyo b-n ta’minlaydi. Kimyo va neft kimyosi sanoatida texnik rezina, o’g’it, lok-bo’yoq mahsulotlari, Kursk «xim- volokno» i.ch. birlashmasida sintetik tola,»Schetmash»da hisoblash mashivala- ri ishlab chiqariladi. Engil sanoatda jun mato, ustki va ichki trikotaj, tikuv- chilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoatida shakarqand z-Di bor. Kursk AES mavjud. Bug’doy, javdar, arpa va b. ekiladi. Asosiy texnika ekini — qand lavlagi. Sabzavotchilik, kartosh- kachilik, mevachilik b-n shug’ullaniladi. Qoramol, cho’chqa, qo’y, parranda boqiladi. Yirik t.y. tugunlari: Velikie Luki — Novosokolniki — Nevel.