Kurtlar davlati, kartlar davlati

Kurtlar davlati, kartlar davlati (1245-1389) — Kurtlar sulolasi tomonidan Hirot vohasi va G’ur tog’li viloyati hududida barpo etilgan davlat. Markazi — Hirot sh. K.D. hulokuiylarga qaram bo’lsada, mustaqil bo’lishga intil- gan. Shu sababli Hirot bir necha marta Hulokuiylar qo’shini tomonidan vay- Ron va talon-toroj qilingan. Mo’g’ullar hokimiyati zaiflashgach (14-a. 2-yarmi), Kurtlar amalda mustaqillikka erish- gan. Muizaddin (1331-70) Murg’ob da- ryosi va Afg’onistonning bir qismigacha bo’lgan Sharqiy Xurosonning deyarli hamma qismini bosib olgan. Biroq K.D. turli mulklarning nomigagiva harbiy- ma’muriy birlashmasi bo’lganligi tu- fayli 14-a.ning 80-y.larida Amir Te- Mur tomonidan tobe etilib, tugatilgan. Kuru — qad. hind qabilasi (kaura- na), K. davlati tepasida turgan podshoh urug’ining nomi (K. — oy sulolasi, Sam- Varna hamda Quyosh qizi bo’lgan Tapatini farzandi). K.lar so’nggi vedalar davri- da hoz. Dehli yaqinida Xaryava shtatida joylashgan afsonaviy davlat Kurukshe- Trash istiqomat qilgan. Pan-chala urug’i b-n ittifoq bo’lib Birlashgan K.lar gan- ga va Jamna daryolari oralig’idagi deyar- li barcha viloyatlar ustidan hukmronlik qilishgan. K. qabilasi mil. AV. 6-a.gacha siyosiy mavqeini saqlab qolgan.