Kutubxona katalogi

Kutubxona katalogi – bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, hujjatlarning tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar ro’yxati. Kutubxona katalogi kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida bo’lishi va elektron disklar yoki kitob holida ko’paytirilib saqlanishi mumkin.