KUVASHIR

KUVASHIR — Kuril orollarining eng Janubi-g’arbidagi Orol. Rossiya Federatsiyasining Saxalin viloyati tarkibida. Kuvashir, Ekateriva, Izmeva va Janubiy Kuril bo’g’ozlari orasida joylashgan. Maydoni 1550 kilometr kvadrat, uzunligi 123 kilometr, eni 4-30 kilometr. Eng baland joyi 1819 metr. Harakatdagi vulkanlar (Tyatya) va issiq buloqlar bor. Vulkanik va kristall jinslardan tarkib topgan. Qoraqarag’ay- oqqarag’ay o’rmonlari bilan qoplangan. Kuvashirda baliq konserva korxonalari bor. Eng katta aholi punkti — Yujno-Kurilsk porti. Kuril qo’riqxonasi bor.