Kuzatuv qudug’i

Kuzatuv qudug’i — er osti suv- lari va sug’oriladigan erdarda sizot suvlar rejimi (joylashgan chuqurligi, minerallashganlik darajasi, kimyoviy tarkibi)ni o’rganishga mo’ljallangan vertikal quduq. Chuqurligi bir necha metrdan 100 m gacha va undan chuqur, diametri 25-98 mm. Quduqqa quyi qismida suv tushishi uchun 3-4 mm li te-shikchalari (filtr) bo’lgan temir- beton, asbosement, po’lat, polietilen quvurlari o’rvatiladi. Quvurga loyqa tushmasligi uchun filtr balandligi- da quvur va quduq devori orasi shag’al (antifiltr) b-n to’ldiriladi. Quvur asosiga 10-15 sm qalinlikda shag’al to’shaladi. Quvur er yuzasidan 60-70 sm chiqib turadi va u metall qopqoq b-n yopiladi. Sug’oriladigan erning yuqori, o’rta va quyi qismlarida o’rvatiladi va ularning soni xo’jalikning er maydoni va meliorativ sharoitidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Barcha quduqlar xo’jalik er tarhida belgilanib, ular- ning tartib soni ko’rsatiladi. Kuzatish jadalligi qo’yilgan vazifadan kelyb chiqqan holda belgilanadi: sizot suv ba- Lansini aniqlash uchun yil davomida har oyda 2-3 marta, sug’orishning sizot suv sathi o’zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun sug’orish vaqtida har kuni yoki har 3 kunda 1 marta, nomavsumiy davrda har 10 kunda 1 marta kuzatiladi. Sizot suvlar minerallashganlik darajasi va kimyoviy tarkibini aniqlash uchun kuzatish ishla- ri bahorda, sug’orish davrining o’rtasida va ko’zda olib boriladi. Buning uchun quduqdagi suv 2-3 marta olib tashlan- gandan so’ng, unga yangi tushgan suvdan namuna olinadi. Quduqlardan 3-5 m uzoqlikda yangi kavlangan quduqdan na- muna olish sizot suvlar minerallash- ganligi bo’yicha aniq ma’lumot olishga imkon beradi. Suv namunasi vasoslar yoki ingichka shlanglar yordamida olinadi. Sizot suv namunasi tarkibidagi quruq qoldiq, xlorion, sulfation va umumiy ishqoriylik (NSO,), ayrim holdarda sa, Mg va Na aniqlanadi. Shuningdek, K.q.lari sug’orish ka- nallari, kollektor-zovur tarmoqlari, suv omborlari va b. suv manbalari- da gidrostatik bosimni o’rganishda ham qo’llaniladi. Kuzatuv natijala- ri sug’oriladigan dalalar suv-tuz ba- Lansini tuzish, meliorativ tadbirlar ishlab chiqish (gorizontal, vertikal va kombivaiiyalangan drenajlar hisobini qilishda), ekinlarning sugorish re- jimini aniqlash va boshqarish, subir- rigasiya imkoniyatlarini aniqlashda qo’llaniladi. Kuzatuv ishlari suv xo’jaligi muassasalari, Geologiya va mi- neral resurslar davlat ko’mitasi i.t. in- tining gidrorejim st-yalari tomonidan olib boriladi. Ziyomiddin Lrtukmvtov.