KUZATUVCHILAR
KUZATUVCHILAR (diplomatiyada) — xalqaro konferentsiyalar, tashkilotlar va organlar ishida qatvashish uchun davlat yoki xalqaro tashqilot tomonidan yuboriladigan vakil. Ularning mazkur anjumanlarda qatnashuviga oid tartib va huquq me’yorlari rasmiy qoidalarga binoan belgilanadi. Odatda, Kuzatuvchilar ovoz berish, hujjatlarni imzolash va hokazolar huquqlarga ega bo’lmaydi.