KUZATUVCHILAR

KUZATUVCHILAR (diplomatiyada) — xalqaro konferensiyalar, tashkilotlar va organlar ishida qatnashish uchun davlat yoki xalqaro tashkilot tomonidan yuboriladigan vakil. Ularning mazkur anjumanlarda qatnashuviga oid tartib va huquq me’yorlari rasmiy qoidalarga binoan belgilanadi. Odatda, Kuzatuvchilar ovoz berish, hujjatlarni imzolash va h.k. huquqlarga ega bo’lmaydi.