Kvadrant

Kvadrant (lot. guadrans — cho- rak, to’rtdan bir qism) — 1) astrono- miyada: a) qad. astronimik asbob; osmon yoritqichlarining ufkdan balandligi, yoritqichlar orasidagi burchak masofa- lar o’lchanadi. K. yoyi aylana uzunligi- ning 1/4 qismi bo’lib, gradus va minut- lar b-n shtrixlangan. O’rta asrda Sharq astronomlari K.dan keng foydalanish- gan. O’rta asr Sharq astronomlari asar- larida turli K.lar (sinus K., devo- riy K. va b.) bayon qilishgan; b) osmon yoritqichlarining qad. xaritalarida uch- raydigan yulduz turkumi. U Ho’kizboqar va Ajdar yulduz turkumlarini o’z ichiga oladi; 2) matematikada — tekislik o’zaro 2 perpendikulyar to’g’ri chiziqning kesi- shishidan hosil bo’lgan 4 soha (burchak) ning biri, doyra K.i — Markaziy burcha- gi 90° bo’lgan sektor, doiraning turtdan bir qismi; 3)harbiyda — artilleriya qurollarida nishonni mo’ljalga olish asbobi, optik mo’ljalga olish moslama- lari yaratilgunga qadar qo’llanilgan.