Kvadrat
Kvadrat (lotincha quadratus — to’rtburchak-li) — 1) tomonlari teng bo’lgan to’g’ri burchakli to’rtburchak. Kvadratning qarama-qarshi tomonlari o’zaro parallel, diagonallari o’zaro teng va perpendikulyar bo’ladi; 2) burchaklari o’zaro teng bo’lgan romb; 3) a sonining Kvadrati shu sonlar ko’paytmasiga teng;A2=oxa. Kvadrat so’zi tomonlari a ga teng kvadrat yuzining ikki tomoni ko’paytmasiga tengligidan olingan.