Kvadratik chegirma
Kvadratik chegirma (r – modul bo’yicha) — x2= a (mod p) taqqoslama echimga ega bo’lgan hollar moduli bo’yicha r b-n o’zaro tub bo’lgan a soni; taqqoslama echimga ega bo’lmaganda esa, r modul bo’yicha r b-n o’zaro tub bo’lgan a soni K. ch. bo’lmaydi. Agar r tub son bo’lsa, u holda r modul bo’yicha keltirilgan chegir- malar sistemasidagi sonlarning yarmi K.ch. bo’ladi, yarmi esa kvadratik chegirma bo’lmaydi, ya’ni unisi ham, bunisi ham r-tadan bo’ladi. K.ch. va kvadratik chegir- mamaslarni bilib olish uchun Eyler kri- teriysidan foydalaniladi. Bu masala Lejandr va Yakobi simvollari yordamida osongina hal qilinadi. Mac: 13 modul bo’yicha 1, 3, 4, 9, 10 va 12 sonlari K. ch. bo’ladi. 2, 5, 6, 7, 8, 11 sonlari kvadratik chegirmamas hisoblanadi.