Kvant elektronika
Kvant elektronika – fizi- kaning majburiy nurlanish hodisasiga asoslanib, elektromagnit tebranish- larnk va to’lqinlarni generasiyalash (hosil qilish) va kuchaytirish usullari- ni, shuningdek, kvant generator va kvant kuchaytirgich xossalarini hamda ular- ning qo’llanishini o’rganuvchi sohasi. Klassik elektronikada elektromagnit tebranishlar va to’lqinlar M. Faradey kashf etgan elektromagnit induktsiya hodisasi asosida hosil qilinadi. Elek- tromagnit tebranishlar va to’lqinlarni kuchaytirish esa elektron asboblar va ku- chaytirgich kaskadlarida zaryadlangan zar- ralar oqimi yordamida amalga oshirilsa, K.e. da bu jarayonlar to’g’ridan-to’g’ri uzviy bog’langan faol modda va optic rezonator (ikki ko’zgu) yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi zamon K.e.si 1916 y.da A. Eynshteyn kashf etgan nurlanish- ni o’z-o’zidan (spontan) va majburiy nur- lanish (induktsiyalangan) ga ajralishi hodisasiga asoslangan.