Kvant evolyusiya
Kvant evolyusiya (lot. Quantum -qancha) — yirik taksonlar (oila, turkum, sinf va b.)ning shakllanishida evolyusiyaning yuqori izchilligini tu- shuntiruvchi kontsepsiya. K. e. kontsepsi- yasini Amerika paleontologi J. Simp- son taklif etgan (1944). K. e. jarayoni- da organizmlarning boshlang’ich guruhi o’zining avvalgi adaptiv zonaga mosla- shishini yo’qotadi; so’ngra tezda noadap- TIV holatni bosib o’tib yangi adaptive zonaga moslanuvchi kompleks belgilarni hosil qiladi yoki nobud bo’ladi. K. e. kon- tsepsiyasiga ko’pchilik olimlar shubha b-n qarab, organizm yashash joyining oraliq tiplaridan foydalanish orqali yangi muhitga asta-sekin moslashganligini tan olishadi.