Kvant kimyosi
Kvant kimyosi — nazariy kimyo- ning bir bo’limi. Kimyoviy birikmalar- ning tuzilishi, fizik-kimyoviy xossala- rini kvant nazariyasi, xususan, kvant me- xanika qonuniyatlari asosida o’rganadi. K.k. elementlarning valentligi, atom- lararo kimyoviy bog’ning tabiati, mole- kulalarning spektroskopik, elektrik, magnit xossalari, reaktsion faolligi va tuzilishi masalalarini taxlil qiladi. Shu nuqtai nazardan K. k. fizika va kimyo fanlari o’rtasidagi nazariy (mustaqil) fan hisoblanadi. K.k.ning vazifasi — kimyo muammola- rini hal qilishda nazariy va hisoblash bo’yicha kvant mexanikasining matematik uslublaridan foydalangan holda kimyo- viy moddalarning tuzilishini o’rganib, maqbul xossali kimyoviy birikmalar olish usullarini tanlab berishdan ibo- rat. Molekulalarning tuzilishi, atom- lararo kimyoviy bogning tabiatini hisoblash yo’li b-n aniklashda shveytsar fizigi V. Pauli printsipi asosida Av- striya fizigi E. Shredinger tenglamasi- ning echimi topiladi. Agar tizimning to’lqin funktsiyasi analitik ko’rinishda ma’lum bo’lsa, molekulalarning har xil fizik-kimyoviy tavsiflarini to- pish mumkin. Afsuski, 2 va undan ortiq o’zgaruvchanli tizimlar uchun (bir elek- tronli N+ ioni va shunga o’xshash ionlar bundan mustasno) Shredinger tenglama- sining echimi topilgan emas. Shuning uchun murakkab molekulalarning fizik- kimyoviy xossalari, tuzilishini kvant mexanikaning matematik qurilmasi yor- damida o’rganishda K. k.ning bir nechta nazariyalari taklif qilingan. 1927 y.da V. Geytler va F. Londonlar asos sol- gan va 1930 y.larda Amerika fiziklari J. Sleyter, L. Polinglar tomonidan rivojlantirilgan valent maydon naza- riyasi; 1929 y.da nemis fizigi X. Bete – ning kristall va maydon nazariyasi va Amerika fizik-kimyogari R. Malliken, F. Gundlar taklif qilgan molekulyar orbital (mo) nazariyalar shular jumla- sidandir. Hozirgacha o’tkazilgan nazariy hisoblashlar molekulalarning tuzili- shi qay darajada murakkabligidan qat’i nazar mo nazariyasi qoniqarli natija- lar berishini ko’rsatdi. Mo nazariyasi bo’yicha molekuladagi har bir electron molekulani tashkil qilgan atom yadrola- ri va boshqa elektronlarning elektro- magnit maydoni ta’sirida bo’ladi. Agar sistemada bitta. atom yadrosi bo’lsa, uning elektron tuzilishi atom orbital (AO) nazariyasi asosida tushuntiriladi. AO nazariyasi o’z navbatida mo nazariya- sining xususiy holati hisoblanadi. Mo nazariyasi bir elektronli yaqinlashishga asoslangan. Bunda har bir electron o’zicha aldama mustaqil zarracha bo’lib, o’ziga xos to’lqin funktsiyasi b-n ifoda- lanadi. Bunda bir elektronli molekulyar orbitalga atom orbitalining chiziqli kombinasiyasi (AOCHK) deb qaraladi. (AOCHK — mo — yaqinlashish). Hoz. za- mon rivojlangan hisoblash texnikasida molekulalarning energetik, magnit va b. xossalarini K.k. nazariyasi asosida o’rganish uchun bir necha maxsus dastur- lar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlar kompyuter yordamida taxlil qilinib, molekulalarning geometrik holati, atomlardagi elektron zichligi qiymati, atomlararo masofa va boshqa kattaliklar hisoblab chiqiladi. Natijada molekula- ning tuzilishi, uning reaktsion faol- ligi o’rganiladi. Nazariy hisoblashlar asosida yangi, maqbul xossali kimyoviy birikmalarning tarkibi aniqlanadi va ularni olish usullari ishlab chiqiladi. O’zbekistonda K.k. sohasidagi naza- riy ishlar va ularni amaliyotga qo’llash bo’yicha ilmiy izlanishlar akad. N. A. Parpiev va uning shogirdlari rahbarlik qilayotgan ilmiy jamoalarda davom et- tirilmokda. K.k. usullari mol. biol.da, mas, biologik membranalar molekulala- rini hisob-lashda, muskullar va b.ni mo- dellashtirishda qo’llaniladi. Kvant ki- myoviy hisoblashlar nazariy fizika usul- lari yordamida olingan ma’lumotlar b-n birgalikda materialshunoslikda elektr va magnit xossalari oldindan belgilab olingan qotishmalar, yarimo’tkazgichlar, kompozision materiallar va b. olishda qo’llaniladi. Ad.: Sovremennie problemi kvanto- voy ximii. STROENIE i svoystva molekul, L., 1986. Sovremennie problemi Kvan- tovoy ximii. Metodi kvantovoy ximii v teorii mejmolekulyarnix vzaimodey- stviy i tverdix tel, L., 1987; Kvantovaya ximiya molekulyarnix sistem i Kristal- loximiya silikatov, L., 1988. Omonulla Xo’jaev.