Kvantun armiyasi

Kvantun armiyasi – Yaponiya va Manjuriyaning 1919-45 y.lardagi Birlashgan qurolli kuchlari. Kvantun (Guandun) viloyati hududiga joylash- tirilgan yapon qo’shinlari negizida tu- zilgan. K.a. son jihatdan ham (1 mln.ga yaqin), qurollar jihatdan ham asta-se- kinlik b-n o’sib, kengayib borgan. 1945 y.da uning tarkibida 1-front (3 va 5-ar- miyalar), 3—front (30 va 44-armiyalar), 17-front (34 va 59-armiyalar), alohida (4 armiya) armiya, 2 ta harbiy havo (2 va 5-armiyalar) armiyasi va Sungari harbiy flotiliyasi bo’lgan. Xitoyga qarshi ta- jovuzkorona hujumlar qilib Manju- riyani bosib oladi (1932), Manjou-Yao qo’g’irchoq davlatini tuzadi (1932 y. 9 mart). 1938— 39 y.lar sobiq SSSR, Mongoliya Xalq Respublikasi hududiga bosqinchilik yurishlari qilgan. K.a. (bosh qo’mondon general o. Yamada) 1945 y. sobiq sho’ro Qurolli kuchlari hamda Mo’g’uliston harbiy qo’shinlari tomoni- dan tor-mor qilingan (q. Manjuriya ope- rasiyasi).