Kvarklar

Kvarklar (ing. quark — dudmal va sirli bir narsa) — adronlar guruhiga mansub hamma mezonlar, nuklonlar va giperonlarning har birining tarkibiy qismini tashkil etuvchi elementar zarra- lar va antizarralar. K. ning mavjudligi haqidagi farazni 1964 y.da bir-biridan mustaqil tarzda M. Gell-Mann va Ame- rikalik fizik g. Sveyg olg’a surgan. Bu so’zni M. Gell-man irland yozuvchisi J. Joysning «Finnegancha ma’raka» (1939) romanidagi afsonaviy maxluklarning nomidan olgan. Bugungi kunda K.ning 6 turi mavjud bo’lib, ular quyidagi belgi- lar b-n ifodalanadi — i, d, s, s, t, b. K. va anti K.ning elektr zaryadlari electron zaryadning -j yoki u qismiga teng va musbat yoki manfiy ishorali bo’lishi mumkin. Ularning spinlari 1/2 ga teng va Fermi — Dirak statistikasiga bo’ysunadi. Har bir mezon bitta K. va bitta anti K. dan hamda har qanday nuklon va gipe- Ron uchta K.dan tashkil topgan. Ko’p yil- lik izlanishlarga qaramay, hech bir K. — xoh engili, xoh og’iri hali biror marta erkin holda kuzatilmagan.