KVARS SHISHA
KVARS SHISHA – sintetik yoki ta biiy (tog’ billuri, kvars qumi va boshqalar) kremniy ikki oksidini eritib olinadigan shisha. Shaffof (optik, juda toza, texnik) va xiraroq xillari bo’ladi. O’tga chidamliligi, issiqbardoshligi, kislotabardoshligi, dielektrik xossasi bilan ajralib turadi. Kvars shishadan laboratoriya idishlari, tigellar, optik asboblar, izolyatorlar va boshqalar tayyorlanadi.