Kvarta

Kvarta (lot. quarta (pars) — chorak, to’rtdan bir, ing. va nem. Quart — gallon- ning to’rtdan bir qismi) — 1) suyuqlik va sochiluvchan jismlar hajmining me- trik tizimga kirmagan o’lchov birligi. AQSh, Buyuk Britaniya va b. davlatlar- da qo’llanadi. Buyuk Britaniyada t-rasi 16,67° va bosimi 762 mm sim. ust.ga teng sharoitda 2,5 funt massali dis- tillangan suvning hajmiga teng, ya’ni 1 K= 1,13652-10~3 m3. Ammo vinoning hajmini o’lchashda 1K=9,46358 ■10~4 m3, spirt uchun esa 1K=6,4910~4 m3 ga. AQSh da vino va neftning miqdorini o’lchashda 1K=9,463581 O~4 m3 ga, quruq sochiluvchan jismlar hajmini o’lchashda 1K=1,1012310~3 m3 ga. Ilgari Rossiyada suyuqlikning o’lchov birligi sifatida krujkadan foydalanilgan. U ba’zida K. deb ham atalgan. Ukraina, Polshada 1 K taxm. 1l ga teng bo’lgan; 2) Lotin Ameri- kasidagi davlatlarda uzunlik o’lchov bir- ligi; taxm. 20 sm ga teng; 3) 16-18-a.lar- da Polshada va u bosib olgan Ukraina erlarida erga egalik solig’i. Qirollar er-mulkidan olinadigan daromadning -% qismini tashkil etgan; 4) K. musiqada — 4 pogashali interval.