Kvartet

Kvartet (lot. guartus — to’rtinchi) — I) 4 sozanda (yoki xonanda)dan iborat ansambl. K. tarkibi jihatidan bir xil (torli yoki puflama sozlar) hamda aralash (torli va puflama sozlar yoki torli sozlar va fortepiano) bo’lishi mumkin. Kamer-cholg’u ansambllar ichi- da torli sozlar K.i (2 ta skripka, Alt va violonchel) keng tarqalgan. Estra- da san’atida ham K. ansambllari keng o’rin olgan: «Bitlz» (Angliya), «ABBA» (Shvesiya), «Orera» (Gruziya), «Sideriz» (O’zbekiston) va b.; 2) 4 sozanda, ba’zan 4 xonanda uchun yozilgan kamer musiqa asari. O’zbekiston kompozitorlaridan B. Gienko (9 ta, 1945-95), ik. Akbarov (6 ta, 1963-88), shuningdek, D. Soatqulov, Sayfi Jalil, E. Solihov, N. G’iyosov, D. Yanov-Yanovskiy va b.ning K.lari mavjud.