Kvazimodo

Kvazimodo (Quasimodo) — sal- vatore (1901.20.8, Sirakuzi — 1968.14.6, Neapol) — italyan shoiri. Ijodi 20-y.lar oxirida boshlangan. 30-y.larda yolg’izlik va hayotdan zerikishlik (Ger- metizm) ruhida asarlar («suv va er», 1930; «g’arq bo’lgan goboy», 1932; «Erato va Apollion», 1936; «she’rlar», 1938) yaratgan. Fashizmga qarshi kurash yilla- rida o’z she’riyatida mavjud ijtimoiy hayotga murojaat etgan («kunma-kun», 1947). «Hayot—tush emas», (1949), «Sox- ta va tabiiy maysa» (1954), «tengsiz zamin» (1958) va b. asarlari vatanpar- varlik, fuqarolik mavzularida. Nobel mukofoti laureati (1959).