KVAZISTASIONAR JARAYON
KVAZISTASIONAR JARAYON (lot. quasi — deyarli va stationarius — doimiy, o’zgarmas) — muayyan che- garalangan sistemada juda katta tez- likda tarqalayotgan jarayon; bunda ja- rayon tarqalayotgan vaqt ichida Sistema holati o’zgarmay qoladi. K.j. juda tez tarqalganidan tarqalish vaqti hisobga olinmaydi. Mac, berk elektr zanjiri- ning biror qismida o’zgaruvchan tashqi e.yu.k. ta’sir qilganida o’sha joyda kuchla- nish va tok uncha o’zgarmay qoladi, bunday holdagi tok kvazistasionar tok deyi- ladi. K. j.da sistemaning barcha qismi holatlarining o’zgarishi bir xil vaqt qonuniga bo’ysunadi. K. j. tushunchasini mexanik, termodinamik va b. sistemalar- ga joriy qilish mumkin, mas, po’lat sim t-rasi tashqi muhit ta’siri tufayli sim bo’ylab tez tarqaladi.