Kvebek

Kvebek — Kanadaning Jan.-Sharqiy qismidagi shahar. Kvebek provintsiyasi- ning ma’muriy markazi. San-Lavrentiy daryosining quyilish erida. Axolisi 169,6 ming kishi (1996); ko’pchiligi ka- nadalik frantsuzlar. K. muhim t.y. tu- guni. Yirik dengiz porti (yillik kJ ortib-tushirish 1,5 mln. t). K. orqali chetga yog’och-taxta, qog’oz, g’alla, sut mahsulotlari, asbest chiqariladi. Yog’och tilish, tsellyuloza-qog’oz, kemasozlik, ko’n poyabzal, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Turistlar ko’p keladi. Laval un-ti, in-tlar, Kve- bek provintsiyasi muzeyi, un-t muzeyi bor. Me’moriy yodgorliklardan 17-19- a.larga oid binolar, San-Lavrentiy da- ryosiga qurilgan ko’prik va b. saqlangan. Shaharga 1608 y.da asos solingan.